Italiya chempionatining 22-turida "Komо" (40) oʻz maydonida "Torino"ga (23, 15-oʻrin) javobsiz 6 ta gol urdi va "Yuventus"ni (39) ortda qoldirgan holda 5-oʻringa koʻtarildi. Eʼtiborli tomoni, Fabregas jamoasi soʻnggi ikki turda 9:0 toʻplar nisbatini qayd etdi.
"Fiorentina" (17, 18-oʻrin) esa Florensiyada "Kalyari"ga (25, 11-oʻrin) yutqazib qoʻydi.
A Seriya. 22-tur. 24 yanvar
Komо — Torino 6:0
Gollar: Duvikas (8, 66), Baturina (16), Da Kunya (59, penalti), Kyun (70), Kakre (76).
Fiorentina — Kalyari 1:2
Gollar: Breshianini (74) — Qilichsoy (31), Palestra (47).