Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal JCh-2026 finali boshlanishidan bir necha soat oldin ijtimoiy tarmoqlarda ramziy post e'lon qildi.
19 yoshli futbolchi bolalik davrida tushgan suratini joylashtirdi. Unda Yamal qishki kiyimda va sport sumkasi bilan tasvirlangan.
Suratga futbolchi quyidagi izohni qoldirdi:
«Sizlar va ko‘chalar uchun».
Yamalning ushbu posti muxlislar tomonidan final oldidan motivatsion murojaat sifatida qabul qilinmoqda. Yosh futbolchi JCh-2026 davomida Ispaniya milliy jamoasining asosiy yetakchilaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 finalida Ispaniya va Argentina milliy jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Hal qiluvchi bahs AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi «MetLife» stadionida bo‘lib o‘tadi.