«Tottenhem» «Monako» klubi va AQSH milliy jamoasi hujumchisi Folarin Balogun transferi bo‘yicha fransuz klubiga 60 million yevrolik taklif yubordi. Bu haqda L’Équipe xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Tottenhem» 25 yoshli forvard uchun kurashda asosiy da’vogarga aylangan. London klubi ushbu transfer poygasida «Nyukasl»dan o‘zib ketgan.
«Monako» Balogunni sotish bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Folarin Balogun o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning «Monako» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 50 million yevro deb baholamoqda.