Bugun
2
O'zbek

Romero uchun APL mavsumi yakunlandi

Futbol
13 aprel, 12:20
«Tottenhem» sardori Chempionshipga tushib ketish xavfidagi jamoasiga muhim bahslarda yordam bera olmaydi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Romero uchun APL mavsumi yakunlandi
Foto: Getty Images

«Tottenhem» himoyachisi Kristian Romero jarohat tufayli ikki oygacha maydondan chetda qolishi mumkin.

“Taqachilar” sardori APL 32-turidan oʻrin olgan “Sanderlend” (0:1) bilan bahsda oʻz jamoasi darvozaboni Antonin Kinski bilan toʻqnashuv nvtijasida tizzasidan jarohat olgandi va koʻzida yosh bilan maydonni tark etgandi.

ESPN Argentina jurnalisti Martin Arevalo ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining tiklanishi 5-8 hafta davom etadi. Shu bilan birga, argentinalik 27 yoshli himoyachi iyun oyida start oladigan jahon chempionatida o‘z milliy jamoasi safida bo‘lishi kutilmoqda.

Hozirda «Tottenhem» APL jadvalida 30 ochko bilan Chempionshipga tushib ketadigan hududda — 18-o‘rinda bormoqda

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Argentina Argentina
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar