Live
3
O'zbek

«Roma» Endrik va Martinelli bo‘yicha so‘rov yubordi

Futbol
30 iyul, 06:33
Rim klubi hujum chizig‘ini braziliyalik futbolchilar bilan kuchaytirmoqchi.
«Roma» Endrik va Martinelli bo‘yicha so‘rov yubordi
Foto: Getty Images

«Roma» yozgi transferlar oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun ikki braziliyalik futbolchini kuzatmoqda.

Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, rimliklar «Real» hujumchisi Endrik va «Arsenal» vingeri Gabriel Martinelli bo‘yicha ma’lumot so‘ragan.

Manbaga ko‘ra, har ikki futbolchi «bo‘rilar»ning asosiy transfer nomzodlari qatoridan joy olgan.

Ma’lumot uchun, Gabriel Martinelli o‘tgan mavsum «Arsenal» safida barcha musobaqalarda 53 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Endrik esa 2025/26 yilgi mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida «Lion»da o‘tkazib, 8 ta gol va 8 ta assist qayd etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar