Live
3
O'zbek

Kulierakis «Roma» futbolchisiga aylanadi — Romano

Futbol
30 iyul, 06:44
Rim klubi himoyachi uchun «Volfsburg»ga 15 million yevro to‘laydi.
Kulierakis «Roma» futbolchisiga aylanadi — Romano
Foto: Getty Images

Taniqli insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, Konstantinos Kulierakisning «Roma»ga transferi bo‘yicha barcha kelishuvlarga erishildi.

Rim klubi «Volfsburg» bilan transferning barcha shartlarini kelishib olgan. Shuningdek, tomonlar avvalroq futbolchining shaxsiy shartnomasi bo‘yicha ham to‘liq kelishuvga erishgan edi.

Transfer qiymati taxminan 15 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, 21 yoshli grekiyalik markaziy himoyachi Konstantinos Kulierakis faoliyatini A Seriyada davom ettiradi va «Roma»ning yozgi transferlar oynasidagi navbatdagi xaridiga aylanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar