Live
3
O'zbek

Dovbik "Bolonya"ga ko'chib o'tishi oldidan tibbiy ko'rikdan o'tdi

Futbol
30 iyul, 02:35
Klub rahbariyati Artyomning operatsiyadan keyin to'liq tiklanganiga ishonch hosil qilmoqchi.
Dovbik "Bolonya"ga ko'chib o'tishi oldidan tibbiy ko'rikdan o'tdi
Foto: Getty Images

Ukraina milliy jamoasi va "Roma" hujumchisi Artyom Dovbik "Bolonya"ga ko'chib o'tishi oldidan tibbiy ko'rikdan o'tdi. Bu haqda Calcio Bologna xabar berdi.

"Bolonya" rahbariyati Dovbikning chap sonidagi operatsiyasidan keyin to'liq tiklanganiga ishonch hosil qilmoqchi. Bungacha hujumchining yangi jamoasi safiga ijara asosida qo'shilishi ma'lum qilingan edi.

Qayd etish lozim, forvardga "Fiorentina" va "Jenoa" klublari ham qiziqish bildirgan. Yakunlangan A Seriya mavsumida esa Dovbik "Roma" safida 14 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 1 marta assist amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Roma Roma
  • Bolonya Bolonya
Bugungi yangiliklar