Bugun
6
O'zbek

Rays: «Bu yutuqni nishonlashga to‘liq haqlimiz»

Futbol
5 may, 23:47
«Arsenal» yarimhimoyachisi jamoaning finalga chiqishini muhim natija sifatida baholadi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Rays: «Bu yutuqni nishonlashga to‘liq haqlimiz»
Foto: Getty Images
05.05.2026 FT Chempionlar ligasi Arsenal Arsenal 1 : 0 Atletico Madrid Atletico Madrid

«Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Rays Chempionlar ligasi finaliga yo‘l olgan jamoasining natijasi haqida fikr bildirdi.

«Bizning bu natijaga olib kelgan yo‘limizni kam baholab bo‘lmaydi. Bu yutuqni nishonlashga to‘liq haqlimiz — bu juda muhim lahza. Chempionlar ligasi eng nufuzli turnir va bu klub hamda muxlislar uchun faxr», — dedi Rays UEFA rasmiy saytiga.

Ma’lumot uchun, yarimfinal javob bahsida «Arsenal» 1:0 hisobida «Atletiko»ni mag‘lub etdi, dastlabki o‘yinda esa 1:1 hisobi qayd etilgandi. Finalda londonliklar «Bavariya» — «PSJ» juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar