Bugun
6
O'zbek

«Tottenhem» Savio transferi ustida ishlashda davom etmoqda

Futbol
25 iyun, 07:10
Braziliyalik vinger London klubiga o‘tishga rozilik bergan.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Tottenhem» Savio transferi ustida ishlashda davom etmoqda
Foto: Getty Images

«Tottenhem» «Manchester Siti» vingeri Savioni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko‘ra, londonliklar hozircha «Manchester Siti» bilan kelishuvga erisha olmagan. Shunga qaramay, transfer bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Manbaga ko‘ra, Savioning o‘zi ikki hafta avvaloq «Tottenhem»ga ko‘chib o‘tishga rozilik bildirgan.

22 yoshli braziliyalik futbolchi o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 36 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta assist qayd etdi.

Uning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Savioning bozor qiymatini 35 million yevroga baholagan. Yosh vinger yozgi transferlar oynasida «Tottenhem»ning asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Bugungi yangiliklar