O‘zbekiston kubogi S guruhining 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar yakunlandi.
«Olimpik Mobiuz» Toshkent viloyatidagi «Do‘stlik» stadionida Respublika FA ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi. Bahsdagi yagona golni 85-daqiqada Abdug‘afur Haydarov kiritdi.
Ikkinchi bahsda esa Muborakning «Mash'al» jamoasi o‘z maydonida «So‘g‘diyona»ga imkoniyatni boy berdi.
Jizzaxliklar Abdulazizxon Abdurashidov va Ollobergan Karimovning gollari evaziga dastlab ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib oldi. Ikkinchi bo‘limda Ibrohim G‘anixonov bitta gol urgani bilan, «Mash'al» mag‘lubiyatdan qutulib qola olmadi.
Shu tariqa, «Olimpik Mobiuz» va «So‘g‘diyona» 1/8 finalga yo‘llanma qo‘lga kiritdi, «Mash'al» va Respublika FA guruhda qolib ketdi.
O‘zbekiston kubogi. 2-tur
Respublika FA 0:1 Olimpik-Mobiuz
Gol: Abdug‘afur Haydarov 85.
Respublika FA: Alishan Abdutalipov, Diyorbek Mahmudjonov, Behruz Erkinov, Abdulvoris Hojimurodov, Sirojiddin Jumadullayev, Jasur Yo‘ldoshev, Ulug‘bek Rasulov, Husniddin Musulmonov, Muhammadali Abdusalomov, Ma’murjon Zokirjonov, Ibrohim Akbarov.
Olimpik Mobiuz: Asqarjon Qudratov, Muhammadali Zohidov, Meyirbek Rejabaliyev, Javohir Bahodirov, Fazliddin Zuhriddinov, Muhammaddiyor Ma’rifaliev, Abdushukur Maxamatov, Abduaziz Abdurashidov, Ro‘ziboy Fayzullayev, Begis Kuanishbayev, Abdug‘afur Haydarov.
O‘zbekiston kubogi. 2-tur
Mash'al – So‘g‘diyona 1:2
Gollar: Ibrohim G‘anixonov 68 — Abdulazizxon Abdurashidov 8, Ollobergan Karimov 45+1.
Mash'al: A’zamatsaid Soyiobov, Zafarbek Akramov, Samandar Ochilov, Sardor Abdurayimov, Humoyun Murtazaev, Ilhom Abduganiev, Nurjahon Muzaffarov, Ergas Ismoilov, Sherzod Fayziyev, Suxrobjon Pormonqulov, Roman Hadjiev.
So‘g‘diyona: Nikola Mirkovich, Zo‘ir Jo‘raboev, Islomjon Qobilov, Otabek Ahadov, Feysal Mulich, Otabek Jo‘raqoziev, Ollobergan Karimov, Fazliddin Omonkelidiev, Abdulazizxon Abdurashidov, Amirbek Saidov, Nodirjon Soyiobov.