Live
1
O'zbek

Ulug'bek Baqoyev — "Mash'al" ustidan g'alaba va raqibdagi psixologik muammolar haqida

Futbol
14 may, 23:45
"So'g'diyona" bosh murabbiyi O'zbekiston kubogi 2-turidagi g'alabadan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Ulug'bek Baqoyev — "Mash'al" ustidan g'alaba va raqibdagi psixologik muammolar haqida
Foto: Sogdiana Jizzakh
14.05.2026 FT Oʻzbekiston Kubogi Mashal Mashal 1 : 2 So'g'diyona So'g'diyona

“Soʻgʻdiyona” bosh murabbiyi Ulugʻbek Baqoyev Oʻzbekiston kubogi 2-turidan oʻrin olgan “Mashʼal”ga (2:1) qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

— Ob-havo sharoitidan kelib chiqsak, qiyin o'yin o'tkazdik degan bo'lardim. Muhimi birinchi golni urib oldik. "Mash'al" ustunlik qilishga, vaziyatlar yaratishga harakat qildi. Darvozamiz oldida keskinlik yarata oldi. Biz esa ikkinchi to'pni kiritishga muvaffaq bo'ldik. Tanaffusga qulay hisobda yo'l oldik. Hammasi yaxshi ketayotgan edi. Raqib qarshi hujumlarda jazolashga urindi, shu bois o'yin oxiri asabiy kechdi degan xulosa bor. "So'g'diyona" jamoasini, futbolchilarimni g'alaba bilan tabriklayman. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz.

— O'zingizga ko'rsatilgan sariq kartochka borasida fikringiz qanday?

— Futbolda hissiyotlar shunday junbushga keladi. O'sha vaziyatda futbolchilar o'rtasida to'qnashuv bo'lgandi.

— Turli jamoalar boshqaruvida "Mash'al"ga qarshi futbolchilarni boshlab tushgansiz. O'yinchilik vaqtingizda ham to'qnash kelgansiz. Chetidan qaraganda "Mash'al"ning bunday inqirozga tushib qolishiga nima sabab deb o'ylaysiz?

— Avvalo boshqa jamoalardagi vaziyatni muhokama qilishga haqqim yo'q. Bu etikaga ham to'g'ri kelmaydi. Boz ustiga matbuot anjumanida. Lekin fikrimcha, "Mash'al" futbolchilarida ruhiy jihatdan inqiroz kuzatilyapti. Ko'rinib turibdi, to'pni nazorat qilishmoqda, zarbalar, qarshi hujumlar hammasi bor. Faqat ruhiyat yetishmayapti. Ketma-ket mag'lubiyatlar albatta bosim yuklaydi. Bu — professional fikrim. Ammo jamoa ichida nima bo'layotganini bilmayman.

— "Mash'al" uy uchrashuvlarini G'uzorda o'tkazmoqda. Bugungi uchrashuvda maydon sifati qanday baho berasiz? Maydon Superligani qabul qila oladimi?

— Bu haqda futbolimiz mutasaddilariga yuzlanish kerak. Kim ruxsat berish yoki bermasligini biz hal qilmaymiz.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Mashal Mashal
  • So'g'diyona So'g'diyona
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar