Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCH-2026 chorakfinalidan oʻrin olgan Marokashga (2:0) qarshi oʻyindan soʻng oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
27 yoshli hujumchi bellashuvda gol+assist qayd etdi, 77-daqiqada oyog‘idagi og‘riq sabab zaxiraga olishlarini so‘radi.
«Yaxshiman, to‘piqimdan zarba qabul qilib oldim, lekin hammasi joyida. O‘sha paytda Jey Pi (Jan-Filipp Mateta) mendan ko‘ra yaxshiroq formad edi, shuning uchun so‘nggi 15 daqiqani o‘tkazish uchun u munosibroq edi. Shu sababli maydonni tark etdim, u esa zaxiradan tushdi. U yaxshi o‘ynadi va deyarli gol ham urdi.
O‘zimizni xotirjam his qilishga hali erta. Oldinda hali uzoq yo‘l bor, bizni yanada og‘ir sinov kutmoqda, ammo tezda tiklanamiz».
Hakimining hissiyotlari haqida
«Men bu yerga g‘alaba qozonish uchun kelganman, unda ham shu maqsad bor edi. Uni tribuna ostidagi xonalarda ko‘rganimda yanada qiyinroq bo‘ladi, chunki u — mening yaqin do‘stim», — dedi Mbappe M6 telekanaliga bergan intervyusida.
«Oldinda uzoq yo‘l bor» — Mbappe Marokash ustidan g‘alaba va jarohat olgani haqida
Futbol
10 iyul, 04:25
Fransiya milliy jamoasi hujumchisi chorakfinal o‘yinidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Foto: Getty Images
09.07.2026
FT
Jahon chempionati (JCH-2026)
Fransiya
2
:
0
Marokash
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi