Bugun
17
O'zbek

«MYU» maydonga tennis koptoklarini otgan to‘rt muxlisga stadionga kirishni taqiqladi

Futbol
19 noyabr, 15:45
Ular «Roma» bilan o‘yinda klub rahbariyatiga norozilik sifatida shunday qilishgandi.
«MYU» maydonga tennis koptoklarini otgan to‘rt muxlisga stadionga kirishni taqiqladi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» to‘rt nafar muxlisning stadionga kirishini taqiqladi. Bunga ularning noyabr oyida Chempionlar ligasi doirasida «Roma»ga (3:2) qarshi o‘tkazilgan bahs vaqtida klub egalariga norozilik sifatida maydonga tennis koptoklarini otishgani sabab bo‘ldi. Bu haqda The Athletic jurnalisti Devid Ornshteyn xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, kamida bir muxlis «buyumlarni maydonga otish» qoidasini buzgani uchun uch yil muddatga stadionga kirishdan mahrum qilingan.

«Manchester Yunayted» rahbariyatining pozitsiyasiga ko‘ra, maydonga turli buyumlarni otish holatlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish lozim. Bu harakat stadion qoidalariga doimo zid bo‘lib kelgan.

Shuningdek, bunday holatlar insonlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkinligi sababli klub ushbu masalada qat’iy choralar ko‘rishga qaror qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar