Bugun
17
O'zbek

Habibga 200 mln dollar evaziga oktagonga qaytish taklif qilindi

MMA
19 noyabr, 14:37
Jeyk Pol UFC sobiq chempioniga o‘z taklifini bildirdi.
Habibga 200 mln dollar evaziga oktagonga qaytish taklif qilindi
Foto: Getty Images

MMA promousheni sanalgan MVP hammuassisi Jeyk Pol Habib Nurmagomedovdan 200 million dollar evaziga oktagonga qaytishga rozi bo‘lish-bo‘lmasligini so‘radi. Ammo Habib bu taklifni rad etdi.

Jeyk Pol: «Qachon qaytasan? 200 million dollar evaziga-chi?»

Habib Nurmagomedov: «Nima uchun qaytishim kerak? Mening jamoamda juda ko‘p jangchilar bor, ular — dunyodagi eng yaxshilari. Men hech kimga nimanidir isbotlashim shart emas. Menga munosib raqib yo‘q, faqat pul taklif qilishyapti».

Jeyk Pol: «Gap faqat pulda emas. MVP va PFL birlashishi orqali biz MMA olamini yaxshi tomonga o‘zgartiryapmiz. Jangchilarga yaxshiroq hayot kechirish imkoniyatini beryapmiz. UFC bilan tuzgan shartnomangda qanday shartlar borligini bilmayman, ammo agar sen bizning promoushenimizda jang qilsang, bu butun sport sohasida tub burilish yasashi mumkin».

Jeyk Polga tegishli MVP promousheni va PFL ligasi 2026-yil iyul oyida birlashdi. Birlashgan tashkilotga Pol va uning hamkori Nakisa Bidaryan rahbarlik qilmoqda.

Bugungi yangiliklar