Bugun
17
O'zbek

Rodrigoning sobiq klubi uni ijaraga olmoqchi

Futbol
19 noyabr, 15:00
Braziliyalik hujumchi ayni vaqtda jarohatidan tiklanmoqda.
Rodrigoning sobiq klubi uni ijaraga olmoqchi
Foto: Getty Images

«Santos» 2027 yilning birinchi yarmi uchun hujumchi Rodrigo Goesni ijaraga olish maqsadida «Real» bilan norasmiy muzokaralar boshladi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «qirollik klubi» 25 yoshli vingerning jamoani tark etishi variantini hech qanday holatda ko‘rib chiqmayapti. Madridliklar rahbariyati Rodrigo may oyiga qadar jarohatidan tiklanib, jamoaning hujum chizig‘iga yordam berishini kutmoqda.

Rodrigo «Santos» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2019 yilda aynan shu klubdan «Real» safiga o‘tgan.

2026 yil mart oyi boshida La Liga doirasidagi «Xetafe»ga qarshi bahsda braziliyalik hujumchining o‘ng tizza oldingi xochsimon bog‘lami uzilgandi. Shu sababli u 2025/2026 yilgi mavsumning qolgan qismini hamda 2026 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazib yubordi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Santos FC Santos FC
Bugungi yangiliklar