Superliganing 28-turiga start berildi. «Surxon» hamda «Andijon» klublari o‘rtasidagi bahsda hisob ochilmadi.
Bellashuvdan keyin termizliklar bosh murabbiyi Anvar G‘ofurov matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- O‘ylaymanki, yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ikkala jamoa ham g‘alaba qozonish uchun imkoniyatlar yaratdi. Lekin 0:0 hisobida o‘yin tugadi. Shunga qaramasdan shiddatli uchrashuv bo‘ldi. Maydonning har bir qarich yerida kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Ikkita yaxshi jamoa harakat qildi va yaxshi taassurot qoldirdilar. Jamoamizdagi barchaga katta rahmat. Hech narsaga qaramasdan maydonda o‘zlarini professional tutishyapti. Bu juda yaxshi va quvonarli. Muxlislarimizga stadionga kelib bizni qo‘llashgani uchun alohida rahmat.
- Qayd etilgan 0:0 hisobini har tomonlama uchrashuvga mos tushdi, deb hisoblaysizmi?
- Bu – futbol. Unda hech kim ataylab qilmaydi. «Andijon»da ham, bizda ham vaziyatlar bor edi. Bizda bu birinchi 0:0 hisobi emas. Hammasi Xudoga tavakkal. Biz o‘z ishimizni qilishimiz kerak, qolganini tan olib qabul qilamiz.
- «Surxon» ketma-ket duranglar seriyasini qayd etmoqda. Sizningcha, bu nima bilan bog‘liq?
- Vaziyatlardan unumli foydalana olmayapmiz. Futbolda har bir jamoada bunday narsalar bo‘lib turadi. Bu normal holat. Faqat sabr qilib, o‘z ishimizni davom ettirishimiz va yanada yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishga harakat qilishimiz kerak. Ishonamanki, bunga loyiqmiz va qodirmiz», - deya G‘ofurovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.
Anvar G‘ofurov: «Andijon»da ham, bizda ham vaziyatlar bo‘ldi»
Eksklyuziv
19 noyabr, 15:17
G‘ofurov matbuot anjumanida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Фото: Сурхон ПФК
19.11.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Surxon
0
:
0
Andijon