Bugun
17
O'zbek

Shevchenko doping masalasida Ukraina FA'ni aybdor qilgan Mudrikka javob qaytardi

Futbol
19 noyabr, 16:07
Uning ta’kidlashicha, futbolchining vakillari «suvdan quruq chiqish» uchun g‘alati takliflar berishgan.
Shevchenko doping masalasida Ukraina FA'ni aybdor qilgan Mudrikka javob qaytardi
Foto: Getty Images

Ukraina futbol assotsiatsiyasi (UFA) prezidenti Andrey Shevchenko ijara asosida «Tottenhem»da to‘p tepayotgan, aslida «Chelsi»ga tegishli bo‘lgan vinger Mixail Mudrikning doping bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bildirgan ayblovlariga munosabat bildirdi.

Futbolchi 2024-yil dekabr oyida diskvalifikatsiya qilingan edi. U taqiqlangan modda uning organizmiga Ukraina milliy jamoasi ixtiyorida bo‘lgan vaqtda tushgan bo‘lishi mumkinligi haqida gapirgandi.

«Bu — o‘z vazifasini halol va professional tarzda bajarayotgan xodimlarimizga nisbatan asossiz tuhmat.

Mixael Mudrik chetlatilganidan so‘ng uning vakillari bir necha bor UFA'ga murojaat qilib, doping namunasida meldoniy paydo bo‘lishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan xodimni sun’iy ravishda topishni taklif qilishgan. UAF bu taklifni rad etdi, chunki bunday yondashuv ish faoliyatimiz tamoyillariga zid.

Mixaelning vakillari tomonidan bildirilgan ayblovlar ko‘plab tekshiruv va o‘rganishlardan so‘ng o‘z tasdig‘ini yoki dalilini topmadi. Tergov jarayoni hamda WADA va Angliya futbol assotsiatsiyasi bilan erishilgan yakuniy kelishuv ham buni tasdiqlaydi»
, — deya Shevchenkoning so‘zlarini keltiradi Ukraina ommaviy axborot vositalari.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ukraina Ukraina
Bugungi yangiliklar