Ukraina milliy jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichining so‘nggi turida Gruziyani 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Bahsdagi yagona golga hujumchi Daniil Sikan mualliflik qildi. Uchrashuv boshlanganidan atigi 53 soniya o‘tib raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Bu gol Ukraina milliy jamoasi tarixida rasmiy bahslarda qayd etilgan eng tezkor gol bo‘ldi. Bungacha jamoa safida bundan ham tezroq gol urilgan, biroq ushbu natijalar o‘rtoqlik bahslarida qayd etilgan.
Jumladan, Andrey Yarmolenko o‘rtoqlik bahslaridan birida 15-soniyada, Sergey Rebrov esa 46-soniyada raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.
Ma’lumot uchun, Ukraina milliy jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichini uchinchi o‘rinda yakunladi. Vengriya va Shimoliy Irlandiya jamoalari guruhda undan yuqoriroq pog‘onalarni egalladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi