«Barselona» va Ispaniya milliy jamoasining sobiq sardori Karles Puyol Andorraning «Inter Eskaldes» klubiga xalqaro futbol hamda aloqalar bo‘yicha direktor etib tayinlandi.
«Xush kelibsan, Karles Puyol!
Karles Puyol klubimizga xalqaro futbol va aloqalar bo‘yicha direktor sifatida qo‘shilmoqda. Uning jamoamizga kelishi klubning institutsional rivojlanishidagi yangi qadam hisoblanadi», — deyiladi klub matbuot xizmati tomonidan X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 48 yoshli Puyol 2014-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U butun faoliyatini «Barselona» safida o‘tkazgan.
Sobiq himoyachi kataloniyaliklar bilan birgalikda olti marta Ispaniya chempioni bo‘lgan va uch bor Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan. Ispaniya milliy jamoasi bilan esa Yevropa va jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.
Puyol Andorra klubi direktoriga aylandi
Futbol
19 noyabr, 16:30
«Barselona» sobiq sardori «Inter Eskaldes»ning rivojlanishiga yordam beradi.
Foto: Getty Images