Bugun
17
O'zbek

Gokeresh Millatlar ligasida o‘z rekordini yangiladi

Futbol
15 noyabr, 06:00
    4
Shvetsiyalik hujumchi turnirda ketma-ket 8 ta bahsda gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
Gokeresh Millatlar ligasida o‘z rekordini yangiladi
Foto: Getty Images
14.11.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. B ligasi Shvetsiya Shvetsiya 3 : 2 Bosniya va Gersegovina Bosniya va Gersegovina

Shvetsiya milliy jamoasi Millatlar ligasi guruh bosqichida Bosniya va Hersegovinani 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Skandinaviyaliklar safida Viktor Gokeresh ikkita gol urib, dubl qayd etdi. Har ikki gol penalti orqali kiritildi.

Ushbu natija Gokereshga Millatlar ligasida yangi rekord o‘rnatish imkonini berdi. U musobaqa tarixida ketma-ket sakkizta bahsda gol urgan ilk futbolchiga aylandi.

Shvetsiya milliy jamoasi guruh bosqichining so‘nggi turida 17-noyabr, seshanba kuni safarda Polshaga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, Gokeresh «Arsenal» safida hujumchi sifatida to‘p tepmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shvetsiya Shvetsiya
  • Bosniya va Gersegovina Bosniya va Gersegovina
  • UEFA Millatlar ligasi. B ligasi UEFA Millatlar ligasi. B ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar