«Real» hujumchisi Franko Mastantuono faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Tuttosport xabar berdi.
Madrid klubi argentinalik futbolchini bu yozda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi uchun qo'yib yuborishga tayyor. Hujumchini ijaraga asosida o'z safiga qo'shib olish «Yuventus»ga taklif qilingan.
Ma'lumot o'rnida, Franko 2025 yilda «River Pleyt»dan «Real»ga 45 million yevro evaziga ko'chib o'tgan. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2031 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.
Avvalroq «Real»da Mastantuono uchun joy topilmayotgani ma'lum qilingandi.