Fransiya chempionatida 10-tur bahslari boshlandi.
Amladagi chempion "PSJ" (21, 1-o'rin) safarda "Loryan" (9, 16-o'rin) bilan to'qnash kelib, durang o'ynadi. Due jarohat olib, ko'zida yosh bilan maydonni tark etdi.
2-o'rindagi "Lans" (19) esa kutilmaganda autsayder "Mets"ga (5, 18-o'rin) yutqazib qo'ydi. Shuningdek, "Nissa" (17, 7-o'rin) "Lill"dan (17, 5-o'rin) ustun keldi.
Agar ushbu turda "Marsel" (18) "Anje" (10, 14-o'rin) ustidan g'alabaga erishsa, 1-o'ringa chiqib oladi.
Liga 1. 10-tur. 29 oktabr
Loryan — PSJ 1:1
Gollar: Igor Silva (51) — Mendesh (49).
PSJ — Shevale, Markinos, Zabarnyy, Beraldo, Mendesh, Zair-Emeri (Ramush, 77), Mayulu, Njantuu (Vitinia, 46), Due (Barkolya, 63), Mbayye (Nevesh, 46), Dembele (Kvartsxeliya, 62).
Mets — Lans 2:0
Gollar: Eyn (87 penalti, 90+1).
Nissa — Lill 2:0
Gollar: Diop (29, penalti), Yansson (87).
Gavr — Brest 1:0
Gol: Sangante (73).