Ispaniya chempionati 34-turida "Atletiko" klubi safarda "Valensiya"ga qarshi o'ynadi. Bellashuv 2:0 hisobida "matraschilar"ning g'alabasi bilan yakuniga yetdi.
Gollar Iker Luko va Migel Kubo hisobiga yozildi. Bu bahsda Diego Simeone asosan yoshlarni maydonga tushirdi. Bir qator yetakchi o'yinchilarga dam berildi.
Shu tariqa, "Atletiko" ochkolari soniin 63 taga yetkazib, 4-o'rinda bormoqda. "Valensiya" esa 39 ochko bilan 13-pog'onada.
La Liga. 34-tur
Valensiya — Atletiko 0:2
Gollar: Luko 74 (0:1), Kubo 82 (0:2).
Valensiya: Dimitrievski, Gayya (Vaskes, 73), Pepelu, Tarrega, Saraviya (Raba, 82), Ugrinich (Duro, 59), Rodriges, Gerra, Rioxa (Diego Lopes, 59), Sodiq Ramazani (Gruneveld, 73).
Atletiko: Musso, Dias, Langle, Le Norman, Bonyar, Almada (Koke, 73), Vargas, Morsilo (Kubo, 63), Mendoza (Grizmann, 73), Molina, Belaid (Luko, 63).