Kristian Kivu kelasi mavsumda "Inter"da qoladi.
Avvalroq "neradzurri" rahbariyati bosh murabbiy lavozimida Diego Simeoneni ko'rishni istayotgani haqida xabarlar chiqqandi.
Foot Mercato ma'lumotiga ko'ra, agar milanliklar argentinalik murabbiyni "Atleticko"ni tark etishga ko'ndira olishsa, yozda bosh murabbiyni almashtirishga tayyor.
Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, "Inter" 45 yoshli Kivu bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
"U, albatta, qoladi va yana biz bilan bo'ladi. Kivu – Yevropadagi eng yaxshi yosh murabbiylardan biri", – deya "Inter" prezidenti Beppe Marottaning so'zlarini keltiradi insayder.