"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager "Chelsi"dagi vaziyat haqida fikr bildirdi.
London klubi APL 35-turida o'z maydonida "Nottinghem Forest"ga (1:3) yutqazib qo'ydi. Natijada jamoa turnir jadvalida 10-o'ringa tushib ketdi.
"Maydonda besh yoki oltita haqiqiy top darajadagi o'yinchilar bor. Lekin ular "Nottinghem"ning ikkinchi tarkibiga yutqazdi. Hali bir yil bo'lgani yo'q. Esimda bu yigitlar "PSJ"ni yirik hisobda mag'lub etgani. Afsuski, hozirda esa jamoada o'yinchilar bilan murabbiylar o'rtasida ham, futbolchilar bilan muxlislar o'rtasida ham bog'liqlik yo'q.
Bu boshqa tomondan yaxshi. Chunki futbol faqat pul sarflash va futbolchi sotib olishdan iborat emasligini ko'rsatadi. "Chelsi" hozirda huddi suvda cho'kib borayotgan kemaga o'xshaydi" — deya Karragerning so'zlaridan keltiradi The Athletic nashri.