Bugun
14
O'zbek

Italiya jahon chempionatida Eron o'rniga ishtirok etishni rad etdi

Futbol
26 aprel, 00:00
Italiyaliklar bunday stsenariyni tanqid qilib, bu variant milliy g'ururga tegishini ta'kidladi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Italiya jahon chempionatida Eron o'rniga ishtirok etishni rad etdi
Foto: Getty Images

Italiya milliy jamoasi 2026 yildagi jahon chempionatida Eron o'rniga ishtirok etish bo'yicha hatto nazariy imkoniyatni ham rad etdi. Bu haqda El Pais nashri xabar berdi.

Italiyaliklar bunday ssenariyni tanqid qilib, bu variant milliy g'ururga tegishini ta'kidladi. Mamlakat rasmiylari boshqa jamoa o'rnini egallash hatto nazariy jihatdan ham ko'rib chiqilmasligi ma'lum qilindi.

Eslatib o'tamiz, Eron milliy jamoasi jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritgan, ammo siyosiy vaziyat sabab uning musobaqadan chetlatilishi ehtimoli haqida gap-so'zlar to'xtamayapti. Avvalroq Eron hukumati milliy jamoa jahon chempionatida ishtirok etishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya Italiya
  • Eron Eron
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar