Angliya milliy jamoasining navbatdagi bosh murabbiyi kim bo'lishi borasida mahalliy mutaxassislar o'z nomzodlarini tavsiya etishni boshladi.
Unga ko'ra, ayni paytda asosiy favorit sifatida «Manchester Siti» sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ko'rilmoqda.
Qayd etish lozim, Tomas Tuxel boshchiligidagi Angliya milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati yarimfinal bosqichida Argentinaga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Angliyaliklar uchrashuvning 85-daqiqasigacha 1:0 hisobida oldinda borayotgan edi.
Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyligi uchun asosiy daʼvogarlar uchligiga Eddi Hau va Li Karsli ham kiritilgan.
Angliya milliy jamoasining keyingi bosh murabbiyi bo'lishga asosiy nomzodlar:
1. Pep Gvardiola;
2. Eddi Hau;
3. Li Karsli;
4. Maurisio Pochetino;
5. Frenk Lempard.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi