Pep Gvardiolaning "Manchester Siti"dagi faoliyati yakuniga yetmoqda.
Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, ispan mutaxassisi Angliya chempionati yakuniga yetgach, iste'foga chiqishga qaror qildi.
Klub allaqachon hamkor va homiylarga Pepning ketishi muqarrarligini ma'lum qilgan.
Rasmiy xabar yakshanba kuni — APLning so'nggi turi oldidan e'lon qilinishi kutilmoqda.
Gvardiolaning o'rnini egallashga asosiy va yagona nomzod Enso Mareska bo'lib turibdi. O'z vaqtida "Siti"da Pepga yordamchilik qilgan italiyalik mutaxassis yanvar oyida "Chelsi"da ishdan bo'shatilganidan beri ishsiz bo'lib turibdi.
Gvardiola "Manchester Siti"ni 2016 yildan beri boshqaradi. Uning qo'l ostida "shaharliklar" 20 ta sovrin yutishdi.
Gvardiola 10 yillik faoliyatidan so'ng "Siti"ni tark etadi — Romano
Futbol
18 may, 16:30
Ispaniyalik mutaxassisning o'rnini egallashga asosiy va yagona nomzod Enso Mareska bo'lib turibdi.
Foto: Getty Images