Mashhur fransiyalik sobiq himoyachi Gael Klishi jahon chempionati-2026 yarimfinali doirasidagi Ispaniya - Fransiya o‘yini haqida fikrlarini bildirdi.
Ma’lumot uchun, ispaniyaliklar mazkur bellashuvda 2:0 hisobida zafar quchishdi.
«Fransiya Ispaniyadan qo‘rqdi, deb o‘ylamayman. Biroq maydonda barcha narsani nazorat qila oladigan raqibga qarshi maydonga tushganingda ba’zi narsalardan xavotir ola boshlaysan. Lamin Yamal — yuqori darajadagi o‘yinchi qanday bo‘lishi mumkinligi, to‘p bilan tez-tez muomalada bo‘lmasa ham, o‘yinga qanday ta’sir ko‘rsatigi mumkinligining yorqin misoli. Dastlabki yarim soatni olsak, Lyuka Din o‘z qanotida Yamalga qarshi birga-bir vaziyatlarda qanday harakat qilish kerakligini tushunib harakat qilayotgandi. Ammo keyin...», — deya Klishi so‘zlaridan iqtibos keltirdi BBC.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi