Bugun
24
O'zbek

Flik: "Barsa" — dunyodagi eng yaxshi klub"

Futbol
18 may, 03:40
"Ko'k-anorranglilar" bosh murabbiyi jamoani nima o'ziga xos qilayotganiga haqida fikr bildirdi.
Flik: "Barsa" — dunyodagi eng yaxshi klub"
Foto: Getty Images
17.05.2026 FT Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona 3 : 1 Betis Betis

"Barselona" bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoani nima o'ziga xos qilayotganiga haqida fikr bildirdi.

Qayd etish lozim, kataloniyaliklar muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirgan holda, La Liganing 37-turida "Betis"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Shuningdek, "Barselona" liga tarixida bir mavsumdagi 19 ta uy o'yinining barchasida g'alaba qozongan ilk jamoaga aylandi.

"Menimcha, hammasi o'zing qilayotgan ishga ishonchdan boshlanadi. Hech kim senga nima qilishni ko'rsatmaydi, senga ishonishadi.

"Barselona" — dunyodagi eng yaxshi klub, shahar aholisi esa ajoyib. Men har kuni ko'chada yurganimda odamlar juda samimiy munosabatda bo'lishadi.

Shuning uchun odamlar Barselonani yaxshi ko'rishadi. Bu — har kim o'z ishini chin qalbdan qiladigan klub.

Bugun qiyin bo'ldi, ammo biz g'alaba qozonishni istadik va "Betis" kabi kuchli jamoaga qarshi qanday himoyalanganimizni ko'rish juda yoqimli bo'ldi. Kelasi mavsumda barcha maqsadlarimizga erishish uchun yetarli imkoniyatlarimiz bo'ladi.

Levandovski bilan xayrlashuv haqida:

"Menimcha, bu juda go'zal bo'ldi. Juda ajoyib lahza edi. Uning yuragida "Barselona" borligini ko'rish mumkin edi.

Men Robertdan minnatdorman. U ajoyib inson va jahon darajasidagi futbolchi. U so'nggi 20 yilda dunyodagi eng yaxshi hujumchilardan biri bo'ldi va uning o'rnini bosish oson bo'lmaydi.

Bizga jamoa bilan o'zaro yaxshi harakat qiladigan, eng muhimi esa gol ura oladigan hujumchi kerak", — dedi Flik.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Betis Betis
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar