Moliyaviy muammolar sabab Superliganing 15-turidan o‘rin olgan «Qizilqum» bilan o‘yinga bormay, texnik mag‘lubiyat qabul qilib olgan «Bunyodkor» klubiga hukumat tomonidan yordam berildi.
«Bunyodkor» jamoasining ashaddiy ishqibozlarini xotirjam qilgan holda shuni ma'lum qilamizki, klubimizga hukumatimiz tomonidan amaliy yordam berila boshlandi.
Xususan, kecha, 30 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 martdagi PQ-107-son «Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va soha tadbirkorlik sub'yektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida «Bunyodkor» futbol klubiga 5 milliard so‘m ajratildi. Buning uchun yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish yo‘lida katta islohotlar olib borayotgan davlatimiz rahbariga va hukumatimiz rasmiylariga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz!
«Bunyodkor» Superliganing navbatdagi uchrashuvlariga reja asosida tayyorgarlik ko‘rishda davom etadi.
Shuningdek, og‘ir kunlarda «Bunyodkor» bilan yelka-ma-yelka bo‘lishga harakat qilayotgan barcha muxlislarimiz, blogerlar, sport va futbolga ixtisoslashgan saytlar, klublarimiz, jumladan – «Paxtakor», «Surxon», «Buxoro», «Navbahor», «Lokomotiv» hamda «Olýmpic Mobiuz»ga ham o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Zero, bugun bizni har qanday qo‘llab-quvvatlash yanada kuchli qiladi!» — deyiladi klub xabarida.
«Bunyodkor» klubiga hukumat tomonidan 5 milliard so‘m ajratildi
Futbol
1 avgust, 11:17
Prezidentning 2026 yil 24 martdagi qarori asosida moliyaviy yordam berildi.
Foto: FC Bunyodkor
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi