«Kyoln» o‘z maydonida «Haydenhaym»ni qabul qilib, 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mehmonlar safida Yan Shyoppner dubl qayd etdi, yana bir golga Ariyon Ibrahimovich mualliflik qildi. Mezbonlarning yagona golini esa Marius Byulter urdi.
Mazkur g‘alabadan keyin «Haydenhaym» 26 ochko bilan turnir jadvalining 17-pog‘onasiga ko‘tarildi va so‘nggi o‘rinni tark etdi. «Kyoln» esa 32 ochko bilan 14-o‘rinda qolmoqda.
Bundesliga. 33-tur
Kyoln — Haydenhaym 1:3
Gollar: Byulter 9 — Shyoppner 8, 72, Ibrahimovich 28.
Yana bir bahsda «Hamburg» o‘z maydonida «Frayburg»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Mezbonlar safida Beykeri Jatta, Luka Vushkovich va Fabio Balde gol urgan bo‘lsa, mehmonlardan Igor Matanovich dubl qayd etdi.
Mazkur natijadan keyin «Hamburg» 37 ochko bilan 11-o‘ringa ko‘tarildi. «Frayburg» esa 44 ochko bilan yettinchi pog‘onada qolmoqda.
Bundesliga. 33-tur
Hamburg — Frayburg 3:2
Gollar: Jatta 14, Vushkovich 64, Balde 69 — Matanovich 16, 87.