«Bornmut» Yevropa ligasining 5-turida «Selta»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Natijada «olchalilar» Yevropa musobaqalaridagi debyut mavsumida dastlabki 5 ta bahsning barchasida g‘alaba qozongan tarixdagi uchinchi klubga aylandi.
Avvalroq bunday natijaga 1972/73-yilgi mavsumda «Ararat» va 1961/62-yilgi mavsumda «Nyurnberg» erishgan edi.
Ma’lumot uchun, «Bornmut» ayni vaqtda barcha turnirlar doirasida 10 o‘yinlik g‘alabali seriya qayd etmoqda. Bu London klubi tarixidagi rekord sanaladi.
«Bornmut» — yevrokuboklardagi debyutida ketma-ket 5 ta g‘alabaga erishgan 3-klub
Futbol
26 noyabr, 22:25
8
Umuman olganda, London klubi 10 o‘yinlik g‘alabali seriya qayd etmoqda.
Foto: Bournemouth
26.11.2026
FT
Yevropa ligasi
Selta Vigo
1
:
2
Bornmut
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi