Live
2
O'zbek

«Barselona» Ramushni variant sifatida ko‘rib chiqmoqda

Futbol
5 may, 13:25
Kataloniyaliklar «Chelsi» futbolchisi bo‘yicha kelishuv bo‘lmagach, e’tiborni boshqa hujumchiga qaratdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Barselona» Ramushni variant sifatida ko‘rib chiqmoqda
Foto: Getty Images

«Barselona» «PSJ» hujumchisi Gonsalu Ramushni ehtimoliy transferlar ro‘yxatiga qo‘shdi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Chelsi» Joau Pedroni sotishni istamayotgani sabab kataloniyaliklar muqobil variant sifatida portugaliyalik forvardga e’tibor qaratgan. Ta’kidlanishicha, Parij klubi 24 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishga tayyor, chunki u zaxira roli sabab norozilik bildirmoqda.

Shuningdek, «Barselona» ushbu futbolchi uchun «Chelsi» bilan ham raqobatlashishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Ramush ushbu mavsum barcha musobaqalarda 41 ta bahsda qatnashib, 12 ta gol va 2 ta assist qayd etgan. Uning «PSJ» bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar