Bugun
13
O'zbek

«Barsa» tarbiyalanuvchisi Mingesa APL klubiga o'tdi

Futbol
10 iyul, 00:00
27 yoshli himoyachi «Selta»ni tark etib, Premyer-ligaga yo'l oldi.
«Barsa» tarbiyalanuvchisi Mingesa APL klubiga o'tdi
Foto: Crystal Palace

Oskar Mingesa faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettiradi.

27 yoshli himoyachi «Kristal Pelas» bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Ispaniyalik futbolchi avvalroq «Selta»ni erkin agent sifatida tark etgandi. U o'tgan mavsumda Vigo klubi safida La Ligada 34 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 4 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

Eslatib o'tamiz, Mingesa «Barselona» tarbiyalanuvchisi sanaladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kristal Pelas Kristal Pelas
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar