Live
1
O'zbek

Arteta: "Biz hozir faqat ECHL finaliga chiqishni xohlaymiz"

Futbol
5 may, 01:45
"Arsenal" bosh murabbiyi "Atletiko"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Arteta: "Biz hozir faqat ECHL finaliga chiqishni xohlaymiz"
Foto: Getty Images
05.05.2026 FT Chempionlar ligasi Arsenal Arsenal 1 : 0 Atletico Madrid Atletico Madrid

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Atletiko"ga qarshi Chempionlar Ligasidagi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Sabrsizlik bilan kutyapman. Jamoa ichida ham, muxlislar orasida ham katta energiyani his qilyapman.

Bu — biz birga boshdan kechirishni istaydigan lahzalar. Klub va jamoa sifatida 20 yildan so'ng yana shu bosqichga qaytish uchun katta ish qildik.

Biz hozir faqat g'alabaga munosib o'yin ko'rsatishni va finalga chiqishni xohlaymiz", — dedi "to'pchilar" bosh murabbiyi.

Ma'lumot o'rnida, "Arsenal" — "Atletiko" o'yini 5 maydan 6 mayga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi. O'yinni germaniyalik Daniyel Zibert boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqaradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar