UEFA Chempionlar ligasi yarimfinal bosqichidan o‘rin olgan javob o‘yinlarini boshqaradigan hakamlar nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, «Arsenal» va «Atletiko» jamoalari o‘rtasidagi bahsni germaniyalik Daniel Zibert boshqaradi. Zibertga nemis hamkasblari yordam beradi. VAR tizimi uchun Bastian Dankert mas’ul etib belgilandi.
«Bavariya» – «PSJ» bahsini esa portugaliyalik Joau Pedru Pineyru boshqarib boradi. Qanotlarda ham portugal hakamlar brigadasi ishlaydi. VAR tizimida italiyalik Marko Di Bello ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» va «Atletiko» o‘rtasidagi o‘yin 5 may kuni, «Bavariya» hamda «PSJ» ishtirokidagi uchrashuv esa 6 may kuni bo‘lib o‘tadi.