«Arsenal» darvozabon Karl Eynni «Verder»ga sotdi.
Germaniya klubi o'tgan yozda Estoniya milliy jamoasi posbonini ijaraga olgandi, endi esa uni 3 million yevro evaziga to'liq sotib olish bandini ishga tushirdi va 24 yoshli futbolchi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda Dominik Shnayder.
Eyn 2025/26 yilgi mavsumda atigi 2 ta o'yin o'tkazdi — «Bavariya» (0:4) va «Sankt-Pauli»ga (1:0) qarshi.
Ma'lumot uchun, darvozabon «Arsenal»ga tegishli paytlarida «Reding» va «Valyadolid»da ham ijarada harakat qilgan.
«Arsenal» darvozabonini «Verder»ga transfer qildi
Futbol
22 may, 00:10
Bremen klubi estoniyalik posbonni ijaradan so'ng to'liq sotib oldi.
Foto: Getty Images