Bugun
15
O'zbek

Arbeloa Kamavingaga ishonch bildirdi

Futbol
21 aprel, 23:11
Murabbiy yarimhimoyachini jamoa uchun muhim futbolchi deb atadi.
Arbeloa Kamavingaga ishonch bildirdi
Foto: Getty Images
21.04.2026 FT Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid 2 : 1 Deportivo Alaves Deportivo Alaves

«Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Eduardu Kamavinga haqida ijobiy fikr bildirdi.

«U maydonga qaytdi — o‘ynash va jamoaga yordam berish uchun, u aynan shuni xohlaydi. U katta xarakterga ega futbolchi. Yosh bo‘lishiga qaramay, unda katta tajriba bor. Qachon kerak bo‘lsa, maydonga tushadi.

So‘nggi oylar davomida u jamoa uchun muhim futbolchi bo‘ldi — asosiy tarkibda bo‘ladimi yoki zaxiradan tushadimi, baribir foyda keltirdi. Vini kabi futbolchilar juda yosh kelib, qisqa vaqt ichida muhim sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

U nafaqat murabbiy, balki butun klub ishonchiga ega. Ishonchim komil, muxlislar ham uni qo‘llab-quvvatlaydi», — dedi Arbeloa klub rasmiy saytiga.

Ma’lumot uchun, «Real» La Liga 33-turi doirasida «Alaves»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Hozirda madridliklar 73 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Deportivo Alaves Deportivo Alaves
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar