Angliya chempionatining 35-turida "Bornmut" Londonda hamshahari "Kristal Pelas" darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, yevrokuboklar pog'onasidagi mavqeini mustahkamladi.
Mag'lubiyatsiz seriyasi 15 o'yinga yetgan Iraola jamoasi 52 ochko bilan 6-o'ringa ko'tarildi. "Kristal Pelas" esa 43 ochko bilan 15-pog'onada qoldi.
APL. 35-tur
Bornmut — Kristal Pelas 3:0
3 may, "Vitaliti"
Gollar: Lerma (10, avtogol), Krupi (32), Rayan (77).
Bornmut — Petrovich, Ximenez, Hill, Senesi, Truffer, Skott, Adams (Kristi, 69), Rayan (Adli, 86), Krupi (Bruks, 69), Tavernie (Doak, 86), Evanilson (Unal, 80).
Kristal Pelas — Henderson, Kanvot, Lakrua, Riad (Richards, 76), Munios (Mitchell, 46), Lerma, Kamada (Uorton, 46), Devenni, Jonson, Pino (Sarr, 46), Larsen (Mateta, 65).
Ogohlantirishlar: Kanvot (6), Larsen (38).