Live
2
O'zbek

Alonso boshchiligida «Chelsi»ning birinchi yangi futbolchisi kim bo‘lishi ma’lum

Futbol
26 may, 08:39
Londonliklar «Strasburg»ning 21 yoshli yarimhimoyachisini transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Alonso boshchiligida «Chelsi»ning birinchi yangi futbolchisi kim bo‘lishi ma’lum
Foto: Gettyimages

Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

«Chelsi» «Strasburg» jamoasining 21 yoshli argentinalik yarimhimoyachisi Valentin Barkoning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining «Chelsi»ga o‘tishi iyun oyida amalga oshadi. Tomonlar transfer shartlari bo‘yicha to‘liq kelishib olgan, chunki har ikki klub BlueCo kompaniyasiga tegishli ekanligi jarayonni osonlashtirgan.

Ushbu mavsumda Barko barcha musobaqalarda «Strasburg» uchun 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 9 ta assist qayd etdi.

Transfermarkt portali futbolchini aktual narxini 35 mln yevroga baholamoqda. Barko argentinalik «Boka Xuniors» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2024-yilda Yevropaga ko‘chib o‘tgan.

Shuningdek, u «Brayton» va «Sevilya» klublari safida ham to‘p tepgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Strasbourg Strasbourg
Bugungi yangiliklar