Live
1
O'zbek

«Al Ahli» Trinkaoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Futbol
5 iyul, 12:10
Saudiya klubi Mahrezning o‘rnini portugaliyalik vinger bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Al Ahli» Trinkaoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Foto: Getty Images

Saudiya Arabistonining «Al Ahli» klubi Lissabonning «Sporting» jamoasi vingeri Fransisku Trinkaoni transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Insayder Fabritsio Romanoning xabariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar ancha ilgarilagan. Futbolchining o‘zi ham Saudiya klubiga ko‘chib o‘tishga qarshi emas. Transfer qiymati taxminan 50 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, Trinkao yaqinda klubni tark etgan Jazoir milliy jamoasi afsonasi Riyod Mahrezning o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mahrez bir necha kun avval «Al Ahli» bilan xayrlashganini rasman e'lon qilgan edi.

Ma'lumot uchun, 25 yoshli Fransisku Trinkao Portugaliya milliy jamoasi safida ham muntazam maydonga tushmoqda va so‘nggi mavsum «Sporting»ning yetakchi futbolchilaridan biri bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sporting CP Sporting CP
  • Al-Ahli Jidda Al-Ahli Jidda
Bugungi yangiliklar