Italiya A Seriyasining 34-turida "Roma" safarda "Bolonya" ustidan 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Bahs "Renato Dall'Ara" stadionida bo'lib o'tdi.
Bellashuvning 7-daqiqasida Doniell Malen hisobni ochdi. Birinchi bo'lim oxirlarida, 45+1-daqiqada Neil El-Aynaui Malenning uzatmasidan so'ng hisobni 2:0 ko'rinishiga olib keldi.
Mazkur natijadan so'ng "Roma" 61 ochko bilan turnir jadvalida 5-o'ringa ko'tarildi. "Bolonya" esa 48 ochko bilan 8-pog'onada qolmoqda.
A Seriya. 34-tur
Bolonya – Roma 0:2
Gollar: Malen 7 (0:1), El-Aynaui 45+1 (0:2).