Italiya chempionatining 28-turida "Roma" Genuyada "Jenoa"ga mag‘lub bo‘ldi.
Gasperini jamoasi 51 ochko bilan 5-pog‘onada qoldi va tur yakuniga ko‘ra "Komo"ni (51) 4-o‘ringa o‘tkazib yubordi. De Rossi boshqaruvidagi "Jenoa" esa ochkolarini 30 taga yetkazib, 13-o‘ringa ko‘tarildi.
A Seriya. 28-tur
Jenoa — Roma 2:1
8 mart, "Luiji Ferraris"
Gollar: Messias (52, penalti), Vitinya (80) — Ndika (55).
Jenoa — Beylo, Markandalli, Ostigard, Vaskes, Sabelli, Frendrup, Mazini, Ellertsson (Karikol, 79), Messias (Malinovskiy, 64), Ekuban (Vitinya, 75), Ekhator (Kolombo, 64).
Roma — Svilar, Manchini (Siolkovski, 84), Ndika, Simikas, Chelik (Vash, 84), Pisilli, Kone, Rench (Gilardi, 70), Venturino (Kristante, 46), Pellegrini (Al Aynaui, 56), Malen.
Ogohlantirishlar: Ndika (12), Mazini (16), Malen (40), Kristante (89).