«Fiorentina» o‘z maydonida «Jenoa»ni qabul qildi. Mezbonlar favorit sifatida ko‘rilganiga qaramay, bahsda hisob ochilmadi va jamoalar 0:0 hisobidagi durangga rozi bo‘ldi.
Mazkur natijadan keyin «Fiorentina» 38 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda. «Jenoa» esa 41 ochko bilan 14-pog‘onani egallab turibdi.
A Seriya. 36-tur
Fiorentina — Jenoa 0:0
Parallel bahsda «Kremoneze» o‘z maydonida «Piza»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Mezbonlar safida Jeymi Vardi, Federiko Bonatsoli va David Okereke gollarga mualliflik qildi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Kremoneze» 31 ochko bilan 18-o‘ringa ko‘tarildi. «Piza» esa 18 ochko bilan turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida qolmoqda.
A Seriya. 36-tur
Kremoneze — Piza 3:0
Gollar: Vardi 31, Bonatsoli 51, Okereke 86.