Italiya chempionatining 27-turnidan o'rin olgan so'nggi ikki o'yin bo'lib o'tdi.
"Bolonya" (39, 8-o'rin) safarda autsayderlardan biri "Piza"ga (15, 19-o'rin) 90-daqiqada to'p kiritib, g'alabaga erishdi.
"Xavfli hudud"ga yaqin joylashgan "Fiorentina" (24, 16-o'rin) esa "Udineze"ga (35, 10-o'rin) imkoniyatni boy berdi.
A Seriya. 27-turn. 2 mart
Piza — Bolonya 0:1
Gol: Odgor (90).
Udineze — Fiorentina 3:0
Gollar: Kabasele (10), Devis (64, penalti), Buksa (90+4).