Italiya chempionatining 3-turidan oʻrin olgan bir qancha oʻyinlar boʻlib oʻtdi.
"Atalanta" (5, 6-oʻrin) oʻz maydonida "Lechche"ni (1, 20-oʻrin) yirik hisobda yengdi va mavsumdagi ilk gʻalabasiga erishdi. Bellashuvda de Ketelare dubl qayd etdi.
Shuningdek, "Latsio" (3, 13-oʻrin) safarda "Sassuolo"ga (3, 14-oʻrin) imkoniyatni boy berib qoʻydi. "Udineze" (7) "Piza"dan (1, 18-oʻrin) ustun kelib, 3-oʻringa koʻtarildi.
A Seriya. 3-tur. 14 sentabr
Atalanta — Lechche 4:1
Gollar: Skalvini (37), De Ketelare (51, 73), Zalevski (70) — Ndri (82).
Atalanta — Karnezekki, Skalvini, Hin, Kossunu, Bellanova, De Ron (Musa, 75), Pashalich (Breshianini, 59), Zalevski (Bernaskoni, 86), de Ketelare (Samarjich, 75), Sulemana (Maldini, 75), Krstovich.
Sassuolo — Latsio 1:0
Gol: Fadera (70).
Latsio — Provedel, Marushich, Xila, Romanioli, Tavareş, Rovella (Kataldi, 41), Genduzi (Isaksen, 80), Dele-Bashiru (Belaxian, 46), Kancheleri (Pedro, 60), Zakani, Kastelyanos (Dia, 60).
Piza — Udineze 0:1
Gol: Bravo (14).