«Liverpul» himoyachisi va sardori Virjil van Deyk «Brentford»ga qarshi bahsdan keyin mavsum yakunlari haqida fikr bildirdi.
APLning so‘nggi turidagi uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Ushbu natijadan so‘ng mersisaydliklar mavsumni 5-o‘rinda tugatib, Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
«Bu yagona ijobiy jihat. Muvaffaqiyatsiz mavsumdan olishimiz mumkin bo‘lgan minimum natija shu edi.
Endi klub afsonalari bilan xayrlashamiz. Hozir butun e’tibor shunga qaratilgan.
Oldinga harakat qilishda davom etamiz. To‘xtamaymiz. Bu faoliyatimdagi eng qiyin yil bo‘ldi. Buni qabul qilish ham, jamoa bo‘lib boshdan o‘tkazish ham oson emas. Ammo biz — «Liverpul»miz. Har doim bunday vaziyatlardan yanada kuchliroq chiqamiz», — dedi van Deyk Sky Sports’ga.
Ma’lumot uchun, «Liverpul» ushbu mavsum APLda 54 ochko jamg‘ardi.