Muhammad Saloh «Liverpul» safidagi so‘nggi o‘yinida klub tarixidagi rekordni yangiladi.
Misrlik futbolchi «Brentford»ga qarshi bahsda Kertis Jonsning goliga assist muallifi bo‘ldi va APLdagi assistlari sonini 93 taga yetkazdi.
Shu tariqa, Saloh «Liverpul» tarixida Premyer Liga doirasida eng ko‘p assist amalga oshirgan futbolchiga aylandi. Avvalgi rekord 92 ta assist bilan Stiven Jerrardga tegishli edi.
Ma’lumot uchun, Muhammad Saloh «Liverpul»ga 2017-yilda kelib qo‘shilgan. U klub bilan APL va Chempionlar Ligasi bosh sovrinlarini qo‘lga kiritgan.