Superliganing 28-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv yakunlandi. Olmaliqda OKMK klubi «Qizilqum» bilan bellashdi. Mehmonlar 90+1-daqiqada Roman Papariganing yagona goli evaziga uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Ushbu natijadan so‘ng «konchilar» ochkolarini 45 taga yetkazib, 5-o‘rinda bormoqda. «Oltin izlovchilar» esa 38 ochko bilan 8-pog‘onaga ko‘tarildi.
Superliga. 28-tur
OKMK – Qizilqum 0:1
Gol: Roman Papariga 90+1.
OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 4.Mirjamol Qosimov (21.Xazrat Tursunqulov, 60), 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O‘lmasaliyev (8.Abu Bakr Rizo Turdialiyev, 46), 7.Dilshod Ahmadaliyev, 9.Aziz Xolmurodov (88.Siyavash Haqnazariy, 60), 10.Asadbek Sobirjonov, 17.Nodir Abdurazzoqov (77.Ivan Peshich, 60), 22.Saidafzalxon Axrorov (19.Ahmadullo Muqumjonov, 72), 28.Arihiro Sentoku, 44.Abror Karimov.
Qizilqum: 1.Farhod Rahmatov, 4.Ilhom Vahobov (47.Ruslan Roziyev, 46), 7.Fayzullobek Jumanqo‘ziyev, 8.Shahzod Rahmatullayev (77.Diyor Raxmatilloyev, 46), 9.Shahzod Turopov, 10.Islom Kenjaboyev (18.Abbosbek Abdug‘afforov, 65), 15.Nikola Kumburovich (23.Samandar Shukrulloyev, 26), 40.Nodirxon Ne’matxonov, 44.G‘iyosjon Rizaqulov, 70.Duglas Maykon, 88.Otabek Jo‘raqo‘ziyev (97.Roman Papariga, 88).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi